Germaniya kansleri Angela Merkel Forbes naşri tomonidan 2019 yilning eng nufuzli ayoli deb topildi. Nemis siyosatçisi uşbu naşr 16 yildan buyon e'lon qilib kelayotgan reytinglarda bu yil 14-marta qayd etildi.
Yuzlik röyxatning yuqori önligini amerikalik va yevropalik xonimlar band etgan. Reyting ayollarning biznes, texnologiya, moliya, media, siyosat, xayriya va köngiloçar tadbirlardagi faolligi asosida tuzilgan.
Ikkinçi örinda Yevropa Markaziy banki prezidenti, fransiyalik Kristin Lagard qayd etilgan bölsa, yuqori uçlikni AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yakunlab beradi.

Foto: Alex Wong / Getty Images
Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen törtinçi, General Motors ijroçi direktori Meri Bara beşinçi örinda körsatilgan.

Foto: BestImage
40-poğonani Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II band etgan bölsa, yaqinda «Time» naşri tomonidan «Yil odami» deb topilgan yoş ekofaol Greta Tunberg sönggi yuzinçi örinni egallagan.













