Boş prokuratura akademiyasi dotsenti Gulçehra Malikova Özbekistonda ötadigan saylovlar fuqarolar uçun noqulay muddatga belgilangan, deb hisoblaydi.

U Xalqaro matbuot markazida ötgan «Özbekiston saylovlari va xalqaro standartlar» mavzusidagi davra suhbatidan keyin Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida belgilangan muddat saylovçilarga turli qiyinçiliklar keltirib çiqarayotgani haqida aytib ötdi.

«Saylovlar ötadigan qiş kunlarida uzoq tumanlardagi saylovçilar va saylov uçastkasidagi xodimlar ahvolini tasavvur qiling. Ular saylov kampaniyasi boşlanganidan boşlab 40 kun şu uçastkada bölişi kerak. 

Konstitutsiyaning 117-moddasida Özbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga hamda Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi belgilangan. Bu juda sovuq kunlarga töğri keladi.

Bizning taklif: Özbekistonda saylovlar ob-havoning issiqroq kunlariga köçirilişi kerak. Şu bilan saylovçilar ham, saylov jarayonlaridagi mas'ullar ham qiynalişmasdi», deydi u.

Gulçehra Malikovaning qöşimça qilişiça, Özbekistondagi saylovlar aprel oyida yoki Navröz bayrami kunlarida ötkazilişi kerak.

«Bunday paytda ob-havo yaxşi, odamlarda ham bayram kayfiyati hukm suradi», deydi u.