Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kunining ikkinchi yarmida Tokio shahridagi Akasaka qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi tashrif arafasida ikki mamlakatning ko‘p sonli kompaniya va banklari ishtirokida o‘tgan misli ko‘rilmagan darajadagi biznes forumning yuqori natijalari yuksak baholandi.
Uchrashuvda investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif davomida soliq sohasi va bojxona ishi bo‘yicha imzolanayotgan ikki tomonlama bitimlar ahamiyati qayd etilib, bu uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishi ta'kidlandi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va moliya tizimini isloh etishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid
10:04 / 10.05.2026
Yaponiya viza tartibini buzgan yana bir o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026