O‘zbekiston | 08:34 / 18.12.2019
13467
2 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

17 dekabr kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Boku shahriga keldi.

Senat axborot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etmoqda.

Shu kuni Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi.

Prezident I.Aliyev ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi, prezident Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga amalga oshirgan tashrifi va O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sammitida to‘la huquqli a'zo sifatida ishtirokiga urg‘u berdi. Boku shahrida oliy darajada bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarga yuqori baho berilib, ularning amaliy ahamiyati ta'kidlandi. Uchrashuvda ozarbayjon tomoni erishilgan kelishuvlarni to‘liq tatbiq etishga tayyorligi izhor etildi.

Shuningdek, suhbat davomida ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Prezident I.Aliyev O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi tadbirlarida ishtirok etishini qutlab, bu Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi faoliyatida yana bir muhim voqea ekanini ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisi muvaffaqiyatli o‘tishiga va unda muhim masalalar muhokama etilishiga hamda yaxshi natijalarga erishilishiga ishonch bildirildi.

Mavzuga oid