Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan nizo oqibatida besh kishi jarohatlandi
Tojikistonda Qirg‘iziston bilan chegarada sodir bo‘lgan nizo oqibatida besh kishi jarohatlandi. Bu haqda Isfara shahri ma'muriyati vakili ma'lum qildi.
Avvalroq Qirg‘iziston chegara xizmati Tojikiston bilan chegarada 200 nafar kishi ishtirokida nizo yuz bergani, chegaradosh qishloqlar aholisi bir-birlarini toshbo‘ron qilganini xabar qilgandi.
Bishkek nizo oqibatida olti kishi jarohatlanganligini ma'lum qildi. Bildirilishicha, voqeaga tojikistonliklar tomonidan Qirg‘iziston fuqarosining kaltaklanishi sabab bo‘lgan.
"Bugun ertalab Botken tumanining Ko‘ktosh qishlog‘i aholisi Somoniyon qishlog‘ida yashovchi besh fuqaroni kaltaklagan. Qishloq aholisi ko‘ktoshliklarni to‘xtatish uchun chiqqan, natijada ikki tomon bir-birini toshbo‘ron qilgan. Qirg‘iziston chegarachilari o‘q uzishganidan so‘ng bizning chegarachilarimiz javob qaytarishgan", - dedi Isfara shahri ma'muriyati vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda vaziyat barqarorlashgan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026