Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o‘rtasida sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi
Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Poytaxt Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta'lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
2020 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o‘rtasida Sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026