Bugun, 18 dekabr kuni Toşkent şahridagi Inha universitetida IT WomenUZ tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan taşkil etilgan tanlovda iştirokçilar «Eng yaxşi mobil ilova», «Eng yaxşi veb-sayt», «Eng yaxşi dasturiy mahsulot», «AKT sohasi böyiça eng yaxşi innovatsion loyiha», «Eng yaxşi elektron plakat» nominatsiyalari böyiça özaro bellaşişdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti vakillari ham qatnaşdilar. Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova sözga çiqib tanlovning maqsadi xususida gapirdi.

«IT WomenUZ» loyihasidan maqsad xotin-qizlarni AKT sohasiga jalb qiliş, ularga mobil ilova, veb-sayt, dasturiy mahsulotlarni yaratiş, kompyuter grafikasi va dizaynerlik faoliyatiga hamda dasturçi bölişlariga kömaklaşiş va ularning bandligini ta'minlaşdir. Loyiha joriy yilning 19 avgust kuni boşlandi va unda 160dan ziyod xotin-qizlar iştirok etişdi. Loyihaning birinçi bosqiçida Toşkent şahridagi Inha universitetida AKT yönalişida xotin-qizlar malakasi oşirildi. Keyingi bosqiçda xotin-qizlar guruhlarga bölinib, tayinlagan mentor bilan birgalikda mobil ilova, veb-sayt yaratiş, dasturiy msulotlar işlab çiqariş bilan şuğullanişdi. Bugun sönggi bosqiçda esa ular turli nominatsiyalar böyiça taqdirlanişadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
ITWomenUz – loyihasining ikkinçi bosqiçi yakunida 160 nafar dasturçi xotin-qizlar örtasida «Eng yaxşi mobil ilova», «Eng yaxşi veb-sayt», «Eng yaxşi dasturiy mahsulot», «Eng yaxşi elektron plakat» nominatsiyalari böyiça tanlov e'lon qilindi. Loyiha iştirokçilari öz yönalişlari böyiça jamoalarga bölinib mavzular tanlaşdi. 9ta guruh veb-sayt yaratiş, 15ta guruh mobil ilova yaratiş, 4ta guruh dasturiy mahsulot yaratiş va 10 nafar xotin-qizlar «XXI – asr ayoli» mavzusidagi elektron plakatlar yaratiş böyiça tanlovda iştirok etişdi. Ekspertlar kengaşi xulosasi bilan 5ta veb-sayt yaratgan, 10ta mobil ilova yaratgan, 1ta AKT böyiça innovatsion loyiha, 1ta dasturiy mahsulot va 2ta elektron plakat yaratgan xotin-qizlar ğolib deb topildi.












