Boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev bilan boğliq sönggi xabarlarga munosabat bildirdi.
«U javobgarliksiz qolayotganidan Boş prokuraturaning xabari bor. Farğona viloyat hokimining xatti-harakatlari, sözlari ustida özining munosabatini bildiryapti. Agar rasmiy saytimizga kirsangiz, bu haqda bayonotlar ham berilgan. Hattoki, senatorlik paytimda şu viloyat hokimining işini «Senatning reglament va odob komissiyasida muhokama qilganmiz, keçirim ham söraganlar, uç oy muhlat ham berilgan.
Öylaymanki, Boş prokuratura agarda [hokim] qonun doirasidan çetga çiqqan bölsa, u kim bölişidan qat'i nazar öz munosabatini bildiradi, suriştiruv olib boriladi. Agarda qonunni çetlab ötgan bölsa, qonun oldida albatta javob beradi.
Şaxsiy munosabatimga keladigan bölsak, har bir inson avvalambor özini hurmat qiliş kerak. Özini hurmat qilsa, özini tarbiyali deb hisoblasa, unda boşqa odamga, yoki vaziyatga, yoki qonunga va jamiyatga qarata salbiy fikrlarni aytmaydi. Öylaymanki, bu masalaga hali qaytamiz. Senat ham bunga özining munosabatini bildirişi kerak. Kim bölişidan qat'i nazar Konstitutsiya oldida, qonun oldida javob berişi kerak», deydi Boş prokuror örinbosari.
Joriy yilning sentabr oyida Şuhrat Ğaniyev Farğona viloyatida ayollarning römol öraşiga qarşi kampaniya e'lon qilgani aks etgan audio tarqalgaç, hokim Senatning Reglament va odob komissiyasi yiğilişida uzr söragan, unga qattiq ogohlantiriş va 3 oy sinov muddati berilgan edi.
14 dekabr kuni Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Unga köra, Ğaniyev 2 dekabr kuni ötkazilgan selektor yiğilişida Quvada gaz yöqligiga norozilik bildirib, avtomobil yölini tösiş voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qöygan şaxsning «janozasi öqilmagani» uçun Quva tumani hokimini tergagan.
Keyinroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev prokuraturadan Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev bilan boğliq navbatdagi şov-şuvli holatga huquqiy baho










