Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun inson huquqlari va so‘z erkinligi ta'minlanishi kerak» – kanadalik kuzatuvchi
22 dekabr kuni o‘tkaziladigan vakillik organlariga saylovlarni qisqa muddatda kuzatib boruvchi xalqaro kuzatuvchilarning O‘zbekistonga tashrifi boshlandi.
Bugun, 19 dekabr kuni xalqaro ekspert sifatida Toshkentga kelgan Kanada parlamenti a'zosi, Kanada-O‘zbekiston do‘stlik guruhi raisi Ziyod Abultaif bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda senator Rahmatulla Nazarov xalqaro ekspertga joriy yilgi saylov jarayonida amalga kiritilgan yangiliklar, xususan, «Saylov kodeksi»ning qabul qilingani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
O‘z navbatida, Ziyod Abultaif saylovda xalqaro vakil sifatida ishtirok etish, nomzodlarning qay tariqa g‘oliblarga aylanishi va davlat boshqaruviga kelishi jarayonini kuzatish o‘zi uchun mas'uliyatli vazifa ekanini ta'kidladi.

«Hozirgacha bo‘lgan qisqa muddatli tashrifimda ham mamlakatda ro‘y berayotgan optimistik o‘zgarishlarni sezdim. Bu, ayniqsa, odamlar yoki rasmiy doira vakillari bilan suhbatlarda ham bilindi», – deb ta'kidladi kanadalik siyosatchi.
«Sir emaski, O‘zbekiston keyingi 15 yilda taraqqiyot uchun katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan. Davlatning muvaffaqiyatga erishishi uchun esa demokratiya, inson huquqlari, so‘z erkinligini ta'minlash zarur bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi u.
Ziyod Abultaif, shuningdek, hech qayerda saylov mukammal tarzda o‘tmasligi, kamchiliklar jarayonning o‘zida bartaraf etib borilishi kerakligini ham qayd etib o‘tdi.

«Ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lgan qisqa muddatlik tashrifim davomida Markaziy saylov komissiyasining standartlariga mos tashkil etilganini, saylov tashkilotchiligi qoidalarga mos ekanligini sezdim, biroq umumiy xulosa va natijani saylovlar tugamay turib oldindan aytish imkonsiz», – degan Kanada parlamenti a'zosining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026