Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamenti quyi palatasida uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi uchinchi kuni ushbu mamlakat parlamentining quyi palatasida uchrashuvdan boshlandi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbari Vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faol ishlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kunchiqar mamlakatning parlamentarizm sohasidagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va o‘zaro almashinuvlarni kengaytirishga kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston prezidenti Yaponiya parlamenti quyi palatasi spikeriga yurtimizda ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilingan va chop etilgan Yaponiya Konstitutsiyasining birinchi nusxasini sovg‘a qildi.
Shavkat Mirziyoyev Vakillar palatasi majlislari o‘tadigan asosiy zal bilan ham tanishdi.


Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026