Kun.uz saytida «Turli tekşiruvçilar uçun odamlar «soğin sigir»mi? Urgutdagi uç voqea» sarlavhasi ostida tanqidiy material e'lon qilingan edi. Unda, jumladan, Urgutdagi mahallalardan biriga borib, aslida ixtiyoriy iş bölgan uy-joy va çorva mollarini suğurta qilişni majburiy deb odamlarni çalğitib yurgan bir suğurta xodimi bilan bölgan voqea ham keltirilgan edi.

Uşbu maqolada tasvirlangan holat yuzasidan «Özagrosuğurta» AJ munosabat bildirdi.

«Özagrosuğurta» aksiyadorlik jamiyatining bloger Ğayrat Yöldoş muallifligida 2019 yil 16 dekabr kuni Kun.uz sayti orqali «Turli tekşiruvçilar uçun odamlar «soğin sigir»mi? Urgutdagi uç voqea» sarlavhasi ostidagi maqolasi e'lon qilinganidan söng «Özagrosuğurta» AJ boşqaruvi raisi tomonidan holatni tezkor örganiş, aniqlik kiritiş va tegişli tartibda ta'sir çoralarini qöllaş böyiça işçi guruh taşkil etildi.

2019 yil 17 dekabrda «Özagrosuğurta» AJ Samarqand viloyati filiali boşqaruvçisi A.Boliyev boşçiligida voqea joyiga borib örganildi. 

«Özagrosuğurta» AJ Urgut tumani bölinmasi suğurta agentlari Ortiqjon Abduraşidov va Maftuna Meliqulovaning xatti-harakatlariga oydinlik kiritiş maqsadida «Jayratepa» mahallasida fuqarolar bilan uçraşuv taşkil etildi.

Polis sotib olgan R.Bahriyev va S.Nabiyevning bildirişiça, ular 2019 yil 30 noyabr kuni 40 ming söm evaziga mol-mulkini tuman «Özagrosuğurta» bölinmasi xodimlari tomonidan öz ixtiyoriga köra suğurta qilişgan. 

Bundan taşqari, «Jayratepa» MFY raisi X.Ahmedov şu vaqtga qadar mahalla fuqarolaridan majburiy suğurta böyiça heç qanday şikoyat yoki murojaat kelib tuşmaganini ma'lum qildi.

Uçraşuv yakunida mahalla fuqarolariga majburiy va ixtiyoriy suğurta turlari, sohaga oid qonunçilik yuzasidan ma'lumot berildi.

«Özagrosuğurta» AJ boşqaruvi bloger Ğayrat Yöldoş ilgari surgan masalalarni keskin rad etişdan yiroq. Darhaqiqat, bugungi kunda Özbekiston suğurta bozorida kadrlar muammosi mavjud va bu kamçiliklar Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 avgustdagi «Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini isloh qiliş va uning jadal rivojlanişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4412-sonli qarorida ham alohida ta'kidlangan.

Xususan, suğurta bozori mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, suğurta sohasida ta'lim berişning zamonaviy usullarini qöllaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rağbatlantiriş borasida söz borgani şular jumlasidandir.