Bugun, 20 dekabr kuni Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi faoliyatiga doir «Özbekistonda arxeologik tadqiqotlar: yil yakuni böyiça sarhisob» mavzusidagi matbuot anjumani ötkazildi.

Berilgan ma'lumotlarga köra, 2019 yilda olib borilgan arxeologik qazuv işlari natijasida:
- Surxon voxasidagi yuqori paleolit davriga oid birinçi yodgorlik hisoblangan Qoraungurdara ğori aniqlandi;
- Axsikent şahrida olib borilgan qazuv işlari davomida tayyorlangan obektlarda birinçi zamonaviy tipdagi «oçiq osmon ostidagi muzey» oçildi. 2019 yilgi qazuv mavsumida Axsikent yodgorligida olib borilgan qazuv işlari kengaytirilib, yana 6ta obekt oçiq osmon ostidagi muzey uçun tayyorlandi;
- Buxoro şahar şahristonida olib borilgan qazuv işlari natijasida şahar hududi antik davrdan intensiv yaşab kelingani öz tasdiğini topdi;
- Poykend yodgorligida miloddan oldingi III-II asrlarga oid qadimiy mudofaa devori qoldiqlari aniqlandi, yodgorlik ibodatxonasi hududida, şuningdek, ma'budlarga tortiq sifatida keltirilgan qimmatbaho qurol-yaroğlar töplami aniqlandi;
- Toşkent viloyati Ohangaron tumanida joylaşgan Quyun yodgorligida olib borilgan qazuv işlari natijasida bundan 3300 yil avval toğ-adir qismlariga yoyilgan manzilgoh örni aniqlandi;
- Xorazm viloyatida Xumbuz yodgorligida olib borilgan qazuv işlari natijasida bundan 2800 yil avval faoliyat körsatgan eng qadimiy ibodatxona qoldiqlari oçildi;
- Samarqand viloyatida joylaşgan va şahar taşqarisidagi Samarqand hukmdorlari qarorgohi sifatida Kofirqal'a yodgorligida saroyning ilk örta asrlardagi töliq tarixi aniqlandi.
Tadbir davomida internetda tarqalgan, aholi uçastkalarida boyliklar jamlangan yirik xumlar çiqqani, ular odamlar tomonidan qazib olinayotgani haqida tarqalgan videolavhalar borasida izoh söraldi.
«Davlatimiz hududida odamlarning hovlilaridan topilayotgan va qazib olinayotgan yirik xumlar, boyliklar haqida bizda ayni paytda ma'lumot mavjud emas. Topilmalarga kelsak, Özbekiston hududi bejiz qadimiy madaniyat öçoği deb aytilmaydi. Har bir şahrimiz, qişloğimiz, toğimiz-u çöllarimizdan ham qadimiy buyumlar, boyliklar çiqib qolişi mumkin. Çunki biz azaldan Buyuk Ipak yöli markazida bölganmiz.















