Arxeologlar Özbekistonning janubi-şarqidagi toğlarda örta asrlarga tegişli ikkita şahar qoldiqlarini topdi. Uşbu yangilik insonlardagi afsonaviy Ipak yöli tuşunçasini özgartirib yuborişi mumkin, deb yozadi BBC.

Nature jurnalida e’lon qilingan maqolaga köra, Tadqiqotçilar guruhiga Sent-Luisdagi Vaşington universiteti antropologi Maykl Fraketti va Özbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori Farhod Maqsudov rahbarlik qilgan.

Aniqlangan şaharlardan biri — Tugunbuloq bölib, uning maydoni kamida 120 gektarni taşkil etadi va u dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylaşgan. Hozirda uşbu balandlik yaşaş uçun yaroqsiz hisoblanadi.

Foto: Michael Frachetti
Foto: Michael Frachetti

«Endi uşbu topilma tufayli Markaziy Osiyo tarixi özgaradi», — deydi Farhod Maqsudov.

Tadqiqotçilar jamoasining ta’kidlaşiça, Tugunbuloq va kiçikroq şahar bölgan Toşbuloq VIII va XI asrlarda gavjum şahar bölgan. Hozirda bu kabi baland hududda dunyo aholisining 3 foizigina yaşaydi — Tibet va Peruda.

Guruh dastlab 2011 yilda toğga sayohat paytida kiçikroq şahar bölgan Toşbuloqni topgan. Tadqiqotçilarning aytişiça, toğlardan birining çöqqisiga kötarilayotib, ular ğalati tepaliklar bilan qoplangan tekislikni payqab qolgan. Bu tepaliklar oddiy közga unçalik e’tiborli körinmagan. Şu joyda ular minglab sopol parçalariga ham duç kelgan.

Foto: Michael Frachetti

2015 yilda Toşbuloqda qazişma işlari olib borilayotganda, Frakettiga bu joydan bir neça kilometr narida oilasi bilan yaşaydigan örmon xöjaligi inspektori murojaat qilib, uyining orqa hovlisida ham şunday turdagi sopol idişlar borligini aytggan.

Frakettining sözlariga köra, tarixiy qaydlarda mazkur hududda şahar borligi haqida söz boradi, ammo guruh dengiz sathidan 2200 metr balandlikda maydoni 12 gektarni taşkil etadigan şaharga duç kelişlarini kutmagan.