Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Shomurodov «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga da'vogarlik qilmoqda
Foto: Tribuna.uz
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qit'aning nufuzli sport saytlaridan biri sanalmish «FOX Spors Asia» tomonidan «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida 24 nafar nomzodlardan biri sifatida kiritildi.
Manbada yozilishicha, «Eldor Shomurodov klubi safidagi o‘yinlari bilan Rossiyada Markaziy Osiyo bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘zidan juda yaxshi taassurot qoldirdi».
Nominatsiyadan faqatgina osiyolik futbolchilar emas, qit'amizda to‘p surayotgan xorijlik legionerlar ham o‘rin olgan. Jumladan, 20 nafar osiyolik futbolchi bilan birga Osiyo klublaridagi 4 nafar boshqa qit'a vakili – Befetimbi Gomis (Fransiya), Sebastian Jovinko (Italiya), Paulno (Braziliya), Bog‘dod Bunedjo (Jazoir) joy olgan. Nominatsiya g‘olibi sayt tomonidan yil yakunida e'lon qilinadi.
«Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi». 24 kishilik shortlist:

Ma'lumot uchun, 2013 yildan buyon «Titan Spors» va «FOX Spors Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning amaldagi g‘olibi janubiy koreyalik Son Xyon Min sanaladi. «Tottenhem» futbolchisi 2018 yilda 206 ovoz to‘plab (29.3%), yaponiyalik Makoto Hasebe (Aytraxt F, 9.1%) va Alirizo Beiranvandni (Persipolis, 7.1%) ortda qoldirib, qit'aning tengsiz futbolchisiga aylangandi.
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026