Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov: OAV vakillarining jurnalistika etikasiga rioya qilishi muhim
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov 19 dekabr kuni o‘tkazilgan «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbirida OAV vakillarining jurnalistika etikasiga rioya qilishi muhimligi haqida gapirdi.
«O‘zingiz yaxshi bilasiz, so‘z erkinligini ta'minlashning o‘ziga xos «retsept»i bor. Bugun Prezidentimiz bu soha bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilab berganlar.
Davr o‘zgardi, vaqt o‘zgardi. Hozirda OAVning ochiqligini, ularning erkin «gapira» boshlaganini inkor etib bo‘lmaydi. Bu — birinchi bosqich, yangi qadam.
Endilikda OAV vakillarining jurnalistika etikasiga rioya qilishi, mediamuhitda o‘ziga xos madaniyat shakllanishi, davlat organlari esa o‘z vaqtida ma'lumotlarni yetkazib berishi, jurnalistlarning savollariga, ko‘tarib chiqayotgan mavzulariga munosabat bildirishi, ro‘y berayotgan voqealar yuzasidan xabar berib turishi muhim masala hisoblanadi», dedi Komil Allamjonov.
Mavzuga oid
19:45 / 24.11.2025
Komil Allamjonov prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi
09:58 / 27.09.2025
Komil Allamjonov Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha maxsus maslahatchisi etib tayinlandi
16:12 / 24.07.2025
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
22:06 / 23.06.2025