Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ottava sudi rossiyalik razvedkachilarning ikki o‘g‘li Kanada fuqarolari ekanligini tasdiqladi
Ottavadagi Kanada oliy sudi rossiyalik sobiq agentlar Andrey Bezrukov va Yelena Vavilovaning ikki o‘g‘li Kanada fuqarolari ekanligini tasdiqladi. Bu haqda CBC teleradikorporatsiyasi xabar berdi.
Avvalroq Kanada federal apellyatsiya sudi ham 1990-yillarda Kanadada tug‘ilgan Aleksandr va Timoti Vavilovlar kanadalik ekanligini bildirgandi.
Kanada hukumati o‘tgan yili Aleksandr Vavilovning Kanada pasportini bekor qilish jarayonini boshlagandi. Hukumatning qayd etishicha, uning Kanada hududida tug‘ilgani unga fuqarolikka da'vo qilish huquqini bermaydi, chunki uning ota-onasi xorijiy davlat uchun ishlagan va o‘sha davlat vakillari bo‘lgan.
Aleksandr va Timotining ota-onasi, rossiyalik razvedkachilar Andrey Bezrukov va Yelena Vavilova Kanadaga 1980-yillarda kelishgan. Ular Shimoliy Amerika hududida faoliyat olib borgan razvedka tarmog‘iga kirishgan.
2010 yil iyunda AQSh hukumati Rossiyaning o‘nlab agentlarini josuslikda gumonlab qo‘lga olgan. Ular orasida Bezrukov va Vavilova, Anna Chapman, Richard va Sintiya Merfi, Xuan Lazaro va boshqalar bo‘lgan. Ular hibsga olinganidan bir oz vaqt o‘tib, Rossiyada josuslikda ayblangan olim Igor Sutyagin, maxsus xizmatlarning sobiq xodimlari Sergey Skripal, Aleksandr Zaporojskiy va Gennadiy Vasilenkoga ayirboshlangan. Ayirboshlash Vena aeroportida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026