Özbekiston Oliy Majlisi öz tarixi mobaynida konstitutsion normalarga zid keluvçi qonunlar qabul qilmagan, deb hisoblaydi Özbekiston Liberal demokratik partiyasi yetakçisi Aktam Hayitov.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Hayitov bu haqda 20 dekabr kuni bölib ötgan «Demokratik debat»da aytib ötgan.
«Deputatlar Konstitutsiyaga va boşqa qonunlarga zid qonunlar qabul qilinişiga qarşi tura oladi. Men aniq bilaman, parlament tarixida hali Konstitutsiyamizga zid bölgan qonunlar qabul qilinmagan. Hozir ham, bundan keyin ham qabul qilinmaydi», – deb ta'kidladi ÖzLiDeP lideri.
Aktam Hayitovdan oldin söz olgan «Milliy tiklaniş» partiyasi yetakçisi Alişer Qodirov 2019 yil aprelida «Fermer xöjaliklari töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgariş boşqa bir qonunga zid bölganiga e'tibor qaratdi.
«Qonunçilikda haqiqatan bir-biriga teskari tuşirib qoladigan normalar uçrab turadi. Huquqşunoslarimiz yaxşi bilişadi, bunaqa holat bor. Ayniqsa, misol uçun, «Fermer xöjaliklari töğrisida»gi qonun bilan «Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisidagi»gi qonunlar bir-biriga zid kelib qolgani kabi.
Xuddi şunga öxşaş qonunlar qabul qilinmasligi uçun bu safar fraksiyamiz juda ham mustahkam işlaşiga va'da bera olamiz», – dedi Qodirov.
Aktam Hayitov bunga javoban tilga olingan ikki qonun örtasida yuridik kolliziya yöqligini işonç bilan ta'kidladi.
«[Alişer Qodirov] «Fermer xöjaliklari töğrisida»gi qonun böyiça öz fikrlarini bildirib ötdilar. U yerda ham bir-biriga zid keladigan normalar yöq. Buni yuristlarimiz yaxşilab körib çiqişdi. Bizdagi yuristlarning saviyasi ham yetarli darajada. Işoning, bundan keyin ham parlamentimiz qonun ijodkorligi borasida xalqimizga naf keltiradigan, bir-biriga zid bölmagan va hayotiy qonunlarni qabul qiladi», – deydi ÖzLiDeP yetakçisi.
Ma'lumot uçun, huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevning fikriça, fermer xöjaliklarining Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşiga; yirik tadbirkorlarning esa Savdo-sanoat palatasiga a'zoligi qonun bilan majburiy etib belgilangani – Konstitutsiya, «Jamoat birlaşmalari töğrisida» va «Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida»gi qonunlar hamda xalqaro normalarga ziddir.

















