Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Yaponiyaga tashrifini yakunlab, Sankt-Peterburgga yo‘l oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlarga boy dastur yakunida salmoqli kelishuvlarga erishildi.
Davlatimiz rahbari Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat a'zolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyadan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi, sammitda tuzilmaga a'zo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026