Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Tokio şahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uçraşdi.

Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, uşbu taşrif Özbekiston-Yaponiya döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşda muhim voqea bölgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqqanini qayd etdi.


Davlatimiz rahbari Imperator Naruxitoga çuqur hurmat-ehtiromini bildirib, "Reyva" deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyğun rivojlanişda davom etişi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oşişini ta'kidladi.


Prezident Şavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva taşrifi şarafiga Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi ötkazildi. Şuningdek, ular birgalikda suratga tuşdilar.



















