Şavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy taşrifi davomida köplab hujjatlar imzolandi. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan hisoblangan Yaponiya Özbekistonning Orolböyi hududidagi holatga befarq emasligini ma'lum qildi.

Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, Yaponiya murakkab ekologik holatda bölgan Orolböyi hududi aholisining hayot darajasini yaxşilaş uçun 346 million iyena miqdorida beğaraz yordam ajratadigan böldi (3,2 million AQŞ dollari atrofida). Tomonlar bu borada imzolangan notalarni almaşdilar. Özbekiston tomoni bu kelişuvni yuqori hurmat belgisi sifatida qabul qildi.

Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe OAV uçun ötkazilgan brifingda bu borada öz fikrlarini bildirdi.

«Yaponiya hukumati Orolböyi hududidagi murakkab ekologik vaziyatni tuşungan holda bu hudud aholisining hayot tarzini yaxşilaş maqsadida xalqaro taşkilotlar iştirokida öz hissasini qöşmoqçi», deydi u.

Uçraşuvlar vaqtida uşbu hamkorlikni amalga oşiriş Özbekiston hukumati tomonidan BMT bilan hamkorlikda taşkil etilgan Orolböyi mintaqasi uçun inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasining maqsadlariga mos kelişi ta'kidlandi.