20 dekabrda Britaniya quyi palatasi deputatlari boş vazir Boris Jonson taxmin qilganidek, qirollikning Yevropa Ittifoqidan çiqişi qonun loyihasini ma'qullaşdi. 

Kelişuvga 358 deputat ovoz bergan, 234 deputat esa qarşi çiqqan. Endi qonun loyihasi lordlar palatasiga ma'qullaş uçun beriladi, undan keyin hujjatni qiroliça Yelizaveta II imzolaşi kerak.  

Jonsonning taxminiça, bu 2020 yil yanvarining birinçi ön kunligidan keç yuz bermasligi kerak. Agar şunday bölsa, Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 yanvarda tark etadi. Söngra bir yillik ötiş davri amal qilib, unda tomonlar savdo va boşqa sohalar böyiça kelişuv tuzişlari kerak böladi.

Britaniya parlamenti ançadan beri “Brekzit”ni ma'qullovçi qonun loyihasini qabul qila olmayotgandi. Unga muxolifat qarşi çiqayotgandi. Vaziyatni Jonson yetakçilik qiluvçi Konservatorlar partiyasi muddatdan avval saylovlarda ğalaba qilgandan keyin özgartirişga muvaffaq bölingan.