Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi.
Prezident farmoni loyihasida belgilanişiça:
2020/2021 öquv yilidan boşlab boşqaruv kadrlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş davlat boşqaruvining talab etilgan va istiqbolli yönalişlari böyiça, davlat organlari va taşkilotlarining ehtiyojlaridan kelib çiqib, şu jumladan, oçiq tanlov asosida amalga oşiriladi;
Akademiya davlat organlari va taşkilotlarining ehtiyojlaridan kelib çiqib, belgilangan kvotalardan taşqari tölov-kontrakt asosida oçiq tanlov yöli bilan davlat fuqarolik xizmatçilarini qayta tayyorlaş kurslarini taşkil etiş huquqiga ega;
Akademiyaning qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida tahsil oluvçi davlat fuqarolik xizmatçilari kontingenti har yili 1 avgustga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Administratsiya, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va taşkilotlarining rahbarlari tomonidan Akademiyada davlat boşqaruvining dolzarb masalalari böyiça muntazam ravişda ma'ruza, master-klass va suhbatlar şaklida maşğulotlar ötkaziş amaliyoti joriy etiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4472-son Qaroriga muvofiq, Akademiya qoşida Davlat fuqarolik xizmatçilari malakasini oşiriş markazi taşkil etilmoqda.
Belgilab qöyilişiça, Markaz yuridik şaxs hisoblanmaydi va uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
davlat fuqarolik xizmatçilarini qayta tayyorlaş va ularning uzluksiz malakasini oşiriş, şuningdek, yangi kompetensiyalarga örgatiş tizimini taşkil etiş;
davlat fuqarolik xizmatçilarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, şuningdek, yangi kompetensiyalarga örgatiş faoliyatini amalga oşirişda ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari, şuningdek, qonunçilikda örnatilgan tartibda litsenziyalangan nodavlat ta'lim muassasalariga uslubiy kömaklaşiş;













