Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotiga köra, “Qamçiq” dovoni “Toşkent-Öş” avtoyölining 228-253-km.lari oraliğida qor köçişi xavfi mavjudligi töğrisida ma'lumot berildi. 

Şu bois, joriy yilning 21 dekabr kuni soat 08.00 dan boşlab yölovçilarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida, Toşkent viloyatining “Çinor” va Namangan viloyatining “Şerobod” postlari tomonidan A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining “Qamçiq” dovonida avtomobil vositalarining harakatlanişi vaqtinçalik töxtatildi.

Ayni damda, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimi (FVDT) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jalb qilingan 45 ta texnika, 200 ga yaqin şaxsiy tarkib tomonidan “Qamçiq” dovonidan ötişga ulgurmagan avtotransport haydovçilari va yölovçilar barça şaroitlar bilan ta'minlangan FVVning 15 ta nazorat kuzatuv postlariga, “Qamçiq” otryadiga, qolaversa, Toşkent viloyatining Ohangaron va Angren şaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlaniş şoxobçalari (issiq ovqat, içimlik suvi, dam oliş joylari)ga evakuatsiya qiliş işlari taşkillaştirilmoqda.

Transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatini ta'minlaş maqsadida, “Qamçiqavtoyöl” Ixtisoslaşgan yöllardan foydalaniş unitar korxonasidan 115 ta maxsus muhandislik texnikalari va 314 nafar şaxsiy tarkib jalb qilinib, yöllarni tozalaş işlari amalga oşirilmoqda.

“Özbekiston temir yöllari” AJ tomonidan Angren elektrofikatsiyalaştirilgan temir yöl orqali qöşimça yölovçi poyezdi qöyilib, Toşkent viloyatining Ohangaron, Angren va Orzu stansiyalaridan aholini evakuatsiya qiliş işlari taşkillaştirildi.

Uşbu vaziyat oqibatida jabrlanganlar yöq va talafotlar aniqlanmadi. 

Angren şahri va Pop tumanida bölgan haydovçi va yölovçilar diqqatiga: aholiga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Angren şahrida va Pop tumanidagi mavjud umumovqatlaniş şoxobçalarida issiq ovqat, içimlik suvi, dam oliş joylari taşkil etilgan.