2020-2021 yillarda Özbekiston Respublikasida muzeylar faoliyatini takomillaştiriş dasturini tasdiqlaş töğrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi, Innovatsion rivojlaniş, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan işlab çiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvçi 2020-2021 yillarda Özbekiston Respublikasida muzeylar faoliyatini takomillaştiriş dasturi tasdiqlandi:

Özbekiston muzeylarini renovatsiya qiliş;

Özbekiston Davlat san'at muzeyi faoliyatini takomillaştiriş;

Toşkent şahar, Sayilgoh köçasi, 1-uy manzilida joylaşgan sobiq knyaz Romanov qarorgohini rekonstruksiya qiliş va faoliyatini ta'minlaş.

Quyidagilar dasturni moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

Özbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga möljallangan Investitsiya dasturi doirasida ajratiladigan mablağlar;

xalkaro taşkilotlarning grantlari;

Jamğarmaning mablağlari; 

yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.