O‘zbekiston | 13:57 / 21.12.2019
135815
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar 2019 yil oxiri - 2020 yil boshida necha kun dam oladi?

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 noyabrdagi “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” PF-5875-sonli Farmoniga muvofiq kirib kelayotgan yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 3 kun dam olinadi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

31 dekabr – seshanba (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” PF-5574-sonli Farmoniga muvofiq ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanadi);

1 yanvar – chorshanba (Mehnat kodeksining 131-moddasiga ko‘ra ishlanmaydigan kun hisoblanadi);

2 yanvar – payshanba (2020 yil 4 yanvar - shanba hisobidan ko‘chirilgan dam olish kuni).

Joriy yilning 28 dekabr (shanba) hamda kelasi yilning 4 yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami – qonunga muvofiq ishlanmaydigan kun);

2 yanvar – payshanba (Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan).

Haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun joriy yilning 30 va 31 dekabr kunlari rasman ish kuni bo‘ladi.

Budjet tashkilotlarida ishlovchilar uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini bir ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

Shuningdek, har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi.

Mavzuga oid