Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi konsullik bölimi 2019 yil 20 dekabr kuni Ryazan viloyati (Rossiya) hududidagi M-5 trassasida KIA va Captiva avtomaşinalari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölganligi haqidagi OAV xabarini tasdiqladi. 

Taşqi işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, hodisa natijasida 5 nafar Özbekiston fuqarosi jabrlangan va «Şilovsk» markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Elçixona vaziyatni nazoratga olgani aytiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib ötişiça, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva şahri, Moskva oblasti, Orlov oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva şahridagi elçixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.