Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijlik jurnalist Toshkentda qator saytlarga kira olmayotganini ma'lum qildi. AOKA cheklovlar mavjud emasligini aniqladi
The Diplomat xalqaro internet jurnali muharriri Keti Puts «Tvitter»dagi sahifasida O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xorijiy veb-resurslariga kira olmayotgani haqida xabar yozib qoldirdi.

Human Righs Watch tashkiloti sobiq vakili Stiv Sverdlov esa unga javoban inson huquqlari bo‘yicha tanqidiy veb-resurslarga (@ahrca, @IPHR, @UGFHumanRighs, @nhc_no) O‘zbekistonda kirish imkoniyati cheklanganini bildirgan.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayevning xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan agentlik mutaxassislari o‘rganish olib bordi va yuqorida tilga olingan veb-resurslarga kirishga cheklovlar mavjud emasligi aniqlandi.
«O‘zbekistonda xorijiy yangiliklar saytlari hamda inson huquqlari bo‘yicha veb-resurslarga bo‘lgan cheklovlar allaqachon bartaraf etilgan. O‘zbekistonning axborot siyosati cheklov va taqiqlarga emas, balki ochiqlikni ta'minlashga qaratilganini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman», - deydi H. Ubaydullayev.




Oradan biroz vaqt o‘tib, Human Righs Watch tashkiloti sobiq vakili Stiv Sverdlov yuqoridagi saytlarni tekshirib ko‘rgani va ular ishlayotganini ma'lum qildi.

Shuningdek, Keti Puts buni ko‘rishdan mamnun ekanini bildirdi. U saytlarga ertalab kirib bo‘lmagani, hozir esa buning uddasidan chiqqanini yozdi.

Mavzuga oid
12:30 / 30.09.2025
Vengriya Ukrainaning 12 ta yangiliklar saytini blokladi
07:50 / 06.08.2025
Latviya Rossiya propagandasi bo‘lgan yana 10 ta saytni blokladi
11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
16:00 / 14.07.2025