Özbekistondagi siyosiy partiyalarning yetakçilari birin-ketin saylovda qatnaşmoqda.
Dastlab «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi yetakçisi Narimon Umarov saylovda ovoz berdi.
Partiya matbuot xizmati xabar berişiça, u turmuş örtoği bilan 683-«Kökça» saylov uçastkasiga taşrif buyurdi. Partiya rahbari hudud aholisini saylovda faol iştirok etişga çorladi va özi ham siyosiy jarayonning bevosita iştirokçisiga aylanib, ma'qul körgan nomzodiga ovoz berdi.

ÖzLiDeP siyosiy kengaşi ijroiya qömitasi raisi Aktam Hayitov Yunusobod tumanidagi 140-sonli saylov okrugiga qaraşli 724-saylov uçastkasiga borib, özi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.

Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi Uluğbek Inoyatov Şayxontohur tumanidagi 680-saylov uçastkasiga oila a'zolari bilan birga borib ovoz berdi.

«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov feysbukdagi sahifasida 225-saylov uçastkasida ovoz bergani haqida post qoldirgan.












