Joriy yilning 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda şaxsi noma'lum ikki ayolning özaro suhbati yozilgan audioyozuv tarqaldi.

Telefon muloqotidan suhbatdoşlar boğça bolalarini zaharlaş yöli bilan boğçaning Dilorom ismli mudirasini işdan oliş niyatida ekani ma'lum böladi.

«Bolalarni kuçli «otravleniye» qiladigan biron nima topib, göşt içiga soliş kerak. Bilyapsizmi, Bekobod şahrida tinimsiz şunaqa çiqyapti, [natijada] mudirlarni işdan olib taşlayapti-ku. Yuz foiz ketadi mudirasi ham, zavxozi ham, özi ham... Hammasi javobgarlikka tortiladi. Biror-bir vraç tanişingiz yöqmi?», – deydi ayollardan yoşroği. U suhbatdoşining qizi aptekada işlaşini bilib, uni qizidan bu borada maslahat olişga köndirmoqçi böladi.

Öz navbatida, audiodan ismi Sojida ekani anglaşiladigan, ovoziga qaraganda yoşi kattaroq ikkinçi ayol şerigining taklifini öylab körişga va qizidan dori haqida söraşga rozi böladi.

Maktabgaça ta'lim vazirligi uşbu holat böyiça tekşiruv boşlaganligini ma'lum qildi. Holatni örganiş böyiça barça ma'lumotlar huquqni muhofaza qiliş organlariga topşirilişi aytiladi. 

“Tekşiruv natijalari haqida batafsil xabar berib boramiz”, - deyiladi Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati.