Davlat örmon fondi uçastkalarini ijaraga beriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi. U 2020 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi.
 
Ma'lumot uçun: barça örmonlar davlat örmon fondini taşkil etadi, u davlat ahamiyatiga molik örmonlardan, ya'ni davlat örmon xöjaligi organlari tasarrufidagi örmonlardan, boşqa idoralar va yuridik şaxslar foydalanişidagi örmonlardan iboratdir (“Örmon töğrisida”gi Qonunning 6-moddasi).
 
Norma’ning yozişiça, davlat örmon fondi uçastkalari davlat örmon kadastrida körsatilgan muayyan çegaraga, maydonga, joylaşgan yeriga, huquqiy rejimga va boşqa xususiyatlarga ega böladi. 
 
Bunday uçastkalarni ijaraga berişda Örmon xöjaligi davlat qömitasi (Davlat örmon xöjaligi), tegişli vakolat berilgan hollarda - Qoraqalpoğiston va viloyatlardagi uning hududiy boşqarmalari ijaraga beruvçi hisoblanadi. Uçastka doimiy egalik qilişga berib qöyilgan örmon xöjaligi taşkiloti örmondan doimiy foydalanuvçi hisoblanadi. Yuridik va jismoniy şaxslar şartnoma asosida ijaraga oluvçi bölişi mumkin.
 
Örmon fondi uçastkalari quyidagi şakllarda ijaraga beriladi:

örmon fondining özlaştirilmagan (örmon bilan qoplanmagan) yerlarida yangidan barpo etilgan va kamida 1 yilgaça bölgan muddatda parvarişlangan örmonlar joylaşgan yerlarni ijaraga oliş huquqini kimoşdi savdolari asosida sotiş (50 yilgaça muddatga);

örmon fondining özlaştirilmagan (örmon bilan qoplanmagan) yerlarida yangidan örmon barpo etiş, şuningdek, uşbu yerlardan ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, soğlomlaştiriş, rekreatsiya, estetik va ekologik turizmni rivojlantiriş maqsadlarida foydalaniş, ovçilik va baliqçilik xöjaliklari taşkil etiş, dorivor ösimliklar va köçatlar yetiştirişni yölga qöyişga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun (50 yilgaça muddatga);

örmon fondi yerlarida davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş uçun (davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim doirasida) 3 dan 49 yilgaça muddatga.
 
Örmon fondi uçastkalari tasdiqlangan sxema böyiça ijaraga taqdim etiladi. Ijaraga berilayotgan örmon fondi uçastkasi çegaralari ijara şartnomasining ajralmas qismi hisoblanadigan dalolatnoma va xaritada körsatiladi.