Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi ma'muriy reglament tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Belgilanishicha, rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar olish haqidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida haqini oldindan to‘lamasdan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishga haqli.
Rieltorlik faoliyati quyidagi rieltorlik xizmatlari turlarini ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
ko‘chmas mulk obektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish chog‘ida vositachilik qilish;
ko‘chmas mulk obektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
ko‘chmas mulk obektlarini ishonchli boshqarish.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etilmaydi.
Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Quyidagilar rieltorlik faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziya tomonidan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
b) rieltorlik tashkilotining rieltorlik xizmatlari buyurtmachisi oldidagi rieltorlik tashkilotlari ushbu Reglamentda belgilangan hajmdan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolik majburiy sug‘urta polisining mavjud bo‘lishi;















