Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritiladi. Tegişli qonun loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 15-moddasidagi (Turar joyni yaşaş uçun möljallanmagan joyga ötkaziş) “tumanlar va şaharlar hokimlarining qaroriga binoan” degan sözlar “tumanlar (şaharlar) quriliş bölimlarining ruxsatnomasiga binoan” degan sözlar bilan almaştiriladi.

15-moddaning amaldagi tahririga köra, yaşaş uçun yaroqli bölgan turar joyni yaşaş uçun möljallanmagan joyga ötkazişga yöl qöyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yaşaş uçun möljallanmagan joyga ötkaziş mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (şaxsning) arizasiga köra tumanlar va şaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.