Xorvatiyada 22 dekabrda o‘tgan prezident saylovlarida mutlaq g‘olib aniqlanmadi. Shu sababli 5 yanvarda saylovlarning 2-turi bo‘lib o‘tadi.

Mamlakat davlat saylov komissiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2-turga 29,57 foiz ovoz bilan Zoran Milanovich va 26,65 foiz ovoz bilan amaldagi prezident Kolinda Grabar-Kitarovich o‘tdi.  

Hammasi bo‘lib saylovlarda 11 nomzod ishtirok etgan.

Xorvatiya prezidenti asosan vakillik vazifalarini bajaradi va mamlakatning ichki hamda tashqi siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qila olmaydi.