Boeing kompaniyasi rahbari Dennis Melenberg is'tefoga çiqdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanişiça, uning lavozimini vaqtinçalik Greg Smit egallab turadi. 2020 yil 13 yanvardan esa kompaniya rahbari lavozimini Deyv Kalxun egallaydi.
“Direktorlar kengaşi rahbariyatning özgartirilişi kompaniya oldinga harakatlanayotganiga işonçni tiklaş uçun zarur, deb qaror qildi”, deyilgan xabarda.
Kalxunning aytişiça, u Boeing va 737 MAX samolyotlari kelajagi porloqligiga işonadi.
17 dekabrda kompaniya 2020 yil yanvardan 737 MAX samolyotlarini işlab çiqarişni töxtatişini ma'lum qilgan.
AQŞ kompaniyasi 737 MAX 8 rusumidagi samolyotlari iştirokida yarim yil içida ikkita aviahalokat yuz bergaç muammolar girdobida qolgandi.












