Xalqimizning qişloq va mahallalarga nom tanlaşiga tahsin aytmay iloj yöq. Elektr ta'minotidagi muammolar haqida arznoma yozgan köçaning nomi Porloq ekan.

Andijon tumanidagi Zangibobo mahallasining ismi jismiga monand bölmagan köçasida 50dan ziyod xonadon bor.

 Simyoğoçlari yöq köça

 Bizni kutib olgan aholi köplab muammolarni aytgan bölsa-da, ularning içida eng oğriqlisi – elektr tarmoği uçun simyoğoçlar muammosi ekan. Köçaga umuman simyoğoç örnatilmagan. Barça xonadonlar uylariga elektr tortilgan simni qöşni köçalarda yaşovçi xonadonlarni tomidan ötkazib olişgan ekan. Tomdan tomga ötgan simlar, qölbola simyoğoçlar orqali aholi özi tortib olgan elektr tizimidan juda past quvvatdagi elektr energiyasi kelmoqda.

 «Havo sovişi bilan rözğorda maişiy jihozlar – kir yuviş maşinasi, muzlatgiç, dazmol, «duxovka»dan foydalanişning iloji yöq. Ikki köça naridagi eski transformatorga me'yoridan köp xonadonlar ulangani oqibatida tinmay bitta faza yöq bölib qolaveradi. Köp kunlarimiz, tunlarimiz elektr muammosi bilan ötadi.

 Eng qiyini yoş bolalarga bölyapti. Tokning quvvati pastligidan keçasi çiroqlar xuddi limondek xira yonadi.

 Oqşom bölgaç, dars tayyorlaş imkonsiz. Farzandlarimiz maktabdan kelib, qoronği tuşmay dars tayyorlab olişga urinişadi. 10 yildan beri şu ahvol», – deydi xonadon egalari Ra'noxon Möydinova va Şohidaxon Töxtayevalar.