Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar budjetlari, tumanlar va şaharlar budjetlariga budjet ssudalarini beriş va olingan budjet ssudalarini qaytariş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, ssudalar şaklidagi budjetlararo transfert (budjet ssudasi) budjet manbalarining töliq safarbar qilinişi tegişli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanişini ta'minlanmagan taqdirda, qaytariş şarti bilan va foizsiz beriladi.
Ssudalar:
a) Özbekiston Respublikasining respublika budjeti mablağlari hisobidan — Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toşkent şahrining şahar budjetiga, davlat maqsadli jamğarmalari budjetlariga;
b) Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toşkent şahrining şahar budjeti mablağlari hisobidan — tumanlar va şaharlar budjetlariga ularning daromadlari hamda xarajatlari örtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinçalik kassa uzilişini qoplaş uçun beriladi.
Ssudalar quyidagi muddatlarga beriladi:
a) prognoz qilingan daromadlar va rejalaştirilgan xarajatlar örtasidagi rejali vaqtinçalik kassa uzilişini qoplaş uçun — töqqiz oygaça bölgan muddatga;
b) daromadlar tuşumlari va xarajatlarni amalga oşiriş örtasida kutilayotgan vaqtinçalik kassa uzilişlarini qoplaş uçun — olti oygaça bölgan muddatga beriladi.
Rejali ssuda daromadlarning prognoz qilingan tuşumlari, nazarda tutilgan subvensiya, ötkazib beriladigan daromadlarning summasi maqsadli ijtimoiy transfertlar, aylanma kassa mablağlaridan va yil boşidagi erkin qoldiqlardan vaqtinçalik mablağ jalb qiliş, dotatsiya tasdiqlangan tegişli budjetlarda nazarda tutilgan ayrim çoraklardagi xarajatlar qoplanişini ta'minlanmagan hollarda beriladi.
Ssuda beriş şartlari
Ssudalar berişning majburiy şarti ulardan belgilangan maqsadda foydalaniş, şuningdek joriy moliya yili davomida ularni öz vaqtida qoplaşdan iborat.
Kelgusi moliya yili uçun alohida çoraklarning daromadlari va xarajatlari örtasida yuzaga keladigan rejali vaqtinçalik kassa uzilişini qoplaş uçun tegişli budjetning yillik rejali daromadlari va xarajatlari hajmlarini çoraklik taqsimlaşda ssudalar qayta körib çiqilişi mumkin.
Mavzuga oid
Rejali yoki kutilayotgan vaqtinçalik kassa uzilişlari yuzaga kelganda, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, tegişli viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari, davlat maqsadli jamğarmalarini taqsimlovçi organ rahbari Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ssuda berilişi töğrisidagi yozma sörov bilan murojaat qiladilar. Xuddi şunday tartibda, tumanlar va şaharlar hokimlari yuqori turuvçi hokimliklar moliya boş boşqarmalariga ssuda berilişi töğrisidagi yozma sörov bilan murojaat qiladilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlariga, tumanlar va şaharlar budjetlariga, davlat maqsadli jamğarmalari budjetlariga daromadlar tuşmasligi yoki ularning xarajatlarini muddatidan oldin moliyalaştiriş zarurati yuzaga kelganda, tegişli budjet daromadlari va xarajatlarini muvozanatlaştiriş maqsadida çora-tadbirlar nazarda tutilmagan hollarda ssuda berilişi uçun yozma sörov bilan murojaat qiliş asos bölişi mumkin.
Ssuda berilişi töğrisida yozma sörovga tegişli hududiy moliya organi rahbari imzosi bilan ssudaga bölgan ehtiyojlarning asoslantirilgan hisob-kitoblari va ssuda oliş böyiça şartnoma loyihasi ilova qilinadi.
Taqdim etilgan hisob-kitoblar kassa uzilişiga sabablarning batafsil tahlilini öz içiga olişi kerak, xususan quyidagilarni:
a) yil boşidan oxirgi hisobot davrigaça bölgan budjetning ijrosi töğrisidagi ma'lumotlar;
b) kassa uzilişining yuzaga kelişiga sabab bölgan hisobot davri uçun daromadlar tuşumining belgilangan prognoz körsatkiçlari;
v) qarzdorlik miqdori va uning şakllaniş sabablari, hudud böyiça qarzdorlik dinamikasi;
g) tegişli davr uçun budjetda nazarda tutilgan tip, obekt va kiçik obektlar böyiça birinçi darajali xarajatlar summasi;
d) kutilayotgan daromadlar tuşumi, şu jumladan soliq turlari böyiça va tegişli hisobot davri uçun kutilayotgan xarajatlar;
ye) söralayotgan ssudalar hajmi va uni qaytariş muddatlari;
j) kassa uzilişini yuzaga keliş sabablarini tuşuntiriş, sörovning asoslanganligi, hamda ssudani öz vaqtida qaytarilişini ta'minlovçi çora-tadbirlar rejasi.
Sörovni körib çiqayotgan hamda ssuda beruvçi yuqori turuvçi moliya organi zarur hollarda qaror qabul qiliş uçun kerakli qöşimça ma'lumotlar va hisob-kitoblarni söraşi mumkin.
Ssuda oliş böyiça hujjatlar töliq taqdim etilmagan hollarda ssuda berilişi töğrisidagi sörov körib çiqilmaydi.
Barça hisob-kitoblar ikki nusxada tegişli moliya organlari tomonidan tayyorlanadi, hamda bir nusxasi uşbu moliya organida saqlanadi, ikkinçisi esa yuqori turuvçi organga taqdim etiladi.
Ssudani beriş tartibi
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari moliya boş boşqarmalari hamda davlat maqsadli jamğarmalarini taqsimlovçi organ rahbarlaridan ssuda beriş töğrisidagi sörovni qabul qilgandan söng Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti boş boşqarmasi, Hududlar moliyasi boş boşqarmasi bilan birgalikda hisob-kitoblarni, hamda ssuda beriş uçun asoslarni körib çiqadi va Özbekiston Respublikasi moliya vaziriga ssuda beriş yoki ssuda berişni rad etiş töğrisidagi aniq takliflari bilan yozma xulosa kiritadi. Quyi turuvçi moliya organlari tomonidan taqdim etiladigan ssuda beriş töğrisida sörovlarni yuqori turuvçi moliya organlarining budjet bölimlari körib çiqadi va belgilangan tartibda tegişli moliya organi rahbariyatining yozma xulosasini kiritadi.
Yuqori turuvçi moliya organlarining budjet bölimlari tomonidan körib çiqilgan ssuda beriş töğrisidagi sörovlarga ijobiy xulosa berilganda, taklif etilayotgan hamda ajratiladigan ssuda hajmi, uning maqsadli yönaltirilganligi va uni tölaş muddatlari körsatiladi.
Yuqori turuvçi moliya organlarining budjet bölimlari tomonidan körib çiqilgan ssuda beriş töğrisidagi sörovlarga salbiy xulosa berilgan hollarda, ssuda berilişi mumkin emasligi töğrisida aniq sabablar va asoslar quyi turuvçi moliya organlariga körsatiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va tegişli hokimliklarning, davlat maqsadli jamğarmasini taqsimlovçi organ rahbarining yozma sörovini körib çiqiş yakunlari böyiça ssudani beriş töğrisidagi qaror:
Özbekiston Respublikasi respublika budjetidan — Özbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan;
Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toşkent şahrining şahar budjetidan — tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toşkent şahar moliya boşqarmalari boşliqlari tomonidan beş iş kuni içida qabul qilinadi.
Ssudani ajratiş ssudani berayotgan moliya organi va ssudani oluvçi moliya organi (davlat maqsadli jamğarmalarini taqsimlovçi organ) örtasida ssuda beriş töğrisidagi şartnoma bilan rasmiylaştiriladi.
Yuqori turuvçi budjetlardan ssuda berilişi rad etilgan hollarda ssuda oluvçi moliya organi (davlat maqsadli jamğarmasi) tegişli moliya organi tomonidan ssuda berişning rad etilişi sabablarini aniq körsatgan xat orqali yozma ravişda ma'lum qiladi.
Ssuda berilişi uçun şartnomada belgilangan muddatli tölov topşiriqnomasi, tegişli budjetdan mablağlar beriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Ssudani qaytariş
Ssudani qaytariş ssuda beriş töğrisidagi şartnomada belgilangan muddatda, qoida tariqasida pul mablağlari bilan amalga oşiriladi.
Ssudalarni qaytiriş ssudalarni beriş töğrisidagi şartnomada belgilangan muddatlarda:
a) mablağlarni ötkaziş;
b) quyi turuvçi budjetlarga va davlat maqsadli jamğarmalariga ötkazilişi kerak bölgan subvensiyalar, ötkazib beriladigan daromadlar, budjetlararo özaro hisob-kitoblar va dotatsiyalar evaziga özaro hisobga oliş;
v) iş haqini tölaş, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, stipendiyalar, pensiyalar, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, kompensatsiya tölovlari va nafaqalar tölaş xarajatlari qoplanganidan söng quyi turuvçi budjetlarning va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining şaxsiy ğazna hisobvaraqlaridan mablağlarni sözsiz undirib oliş yöli bilan amalga oşiriladi.
Olingan ssuda böyiça muddati ötkazib yuborilgan qarzdorliklarni tölaş uçun mablağlarni inkasso topşiriqnomalari asosida hisobdan çiqariş budjet taşkiloti xodimlariga iş haqini tölaş, iş haqini hisoblaş, stipendiyalar tölaş, hudud böyiça maqsadli tartibga soluvçi nafaqalar böyiça birlamçi xarajatlar töliq qoplangandan söng amalga oşiriladi.
Ssudalarni qaytariş muddatlarini uzaytiriş
Ssudani qaytariş muddatlarini uzaytiriş ssudani oluvçida uni belgilangan muddatlarda öz vaqtida qaytariş imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinçiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oşiriladi.
Ssudani qaytariş muddatlarini uzaytiriş ssudani beriş uçun uşbu moddada belgilangan tartibda va şartlar asosida amalga oşiriladi.
Ssudani oluvçi tegişli moliya organiga ssudani qaytariş muddatlarini uzaytiriş töğrisidagi yozma sörov bilan qaytariş muddati tugaşidan kamida beş iş kuni oldin murojaat etadi.
Ssudalarni qaytariş muddatlarini uzaytiriş Nizomda ssuda beriş uçun belgilangan tartibda va şartlarda rasmiylaştiriladi. Bunda ssuda beriş töğrisidagi şartnomaga qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
Keyingi moliya yiliga ssudalarni qaytariş muddatlarini uzaytirişda, qaytariş muddatlari uzaytirilgan ssudalardan foydalaniş uçun tölov belgilanişi mumkin. Tölov hajmi (foiz stavkasi) ssuda beruvçi moliya organi rahbari tomonidan belgilanadi.
Ssuda oluvçilarning javobgarligi
Viloyatlar va Toşkent şahar, tuman va şaharlar hokimlari hokimlari va moliya organlari rahbarlari, hamda davlat maqsadli jamğarmalarini taqsimlovçi organ rahbarlari ssuda beriş töğrisidagi sörovga taqdim etilayotgan hisob-kitoblarning töğriligi, xolisligi, va uning maqsadli işlatilişi hamda öz vaqtida qaytarilişiga şaxsan javobgardirlar.
Ssudalardan maqsadli foydalaniş ustidan nazorat Özbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boşqarmalari tomonidan amalga oşiriladi.
Nizom talablarini buzgan aybdor şaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi