Özbekistonda 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasini almaştiriş muddati belgilangan.

DXA Toşkent şahar boşqarmasi matbuot xizmatining xabar berişiça, mazkur davlat xizmati bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali ham murojaatçilarga tez va qulay tarzda körsatib kelinmoqda.

Milliy haydovçilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almaştiriş haydovçilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovçilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oşiriladi.

Qarorga qöra, eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas deb hisoblanişi belgilangan.

Bugungi kunda Toşkent şahridagi 7 ta tumanlarida ya'ni Mirzo-Uluğbek, Mirobod, Uçtepa, Şayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yaşnobod tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali uşbu davlat xizmati körsatib kelinmoqda.