Markaziy saylov komissiyasining 25 dekabr kungi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, parlament quyi palatasiga saylov yakunlari ko‘rib chiqildi va 125ta saylov okrugida saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi.

Jumladan:

  • O‘zLiDeP – 42 nafar;
  • «Milliy tiklanish» – 34 nafar;
  • «Adolat» – 20 nafar;
  • XDP – 18 nafar;
  • Ekopartiya – 11 nafar.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning aniqlik kiritishicha, joriy yilda 43 nafar amaldagi deputat nomzodi qayta qo‘yilgandi. Shulardan 36 nafari (83 foizi) qayta saylandi. 

5 nafari takroriy ovoz berishga qolgan (shundan 2 nafari texnik xatolik uchun). Takroriy ovoz berishga qolgan amaldagi deputatlar:

  1. Akramova Zulayho — 33-Do‘stlik okrugi (XDP)
  2. Qodirov Alisher — 36-Paxtakor okrugi («Milliy tiklanish»)
  3. Shadmonov Adham — 56-Registon okrugi (O‘zLiDeP)
  4. Pardayev Azamat — 67-Past Darg‘om okrugi («Milliy tiklanish»)
  5. Xo‘jayeva Mavluda — 102-Yaypan okrugi (O‘zLiDeP)

Amaldagi deputatlarning faqat 2 nafari qayta saylana olmagan. Taqqoslash uchun, 2014 yilda 26 nafar amaldagi deputatning 25 nafari qayta saylangandi.

Xalqaro matbuot markazi tomonidan parlamentga saylangan 125 nafar deputat ro‘yxati e'lon qilindi: