Boş prokuraturada soğliqni saqlaş vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib çiqarayotgan şart-şaroitlarni muhokama qilişga bağişlangan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda respublika boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev ma'ruza qildi.

«Soğliqni saqlaş tizimidagi yana bir ayançli holat – tibbiyot xodimlarining psixotrop moddalar noqonuniy savdosi bilan şuğullanişidir.

Ötgan davrda 19 nafar xodim bunday işga qöl urganligi uçun jinoiy javobgarlikka tortildi, ularning 12 nafarini hamşiralar, 7 nafarini şifokorlar taşkil etdi.

Afsuski, tizimda şaffoflik, adolat, tibbiy xizmat sifatini oşiriş nuqtai nazaridan amaliy va ta'sirçan çoralar   deyarli   közga   taşlanmayapti.

E'tibor bering. 2018 yilda «Ijtimoiy fikr» jamoatçilik Markazi ötkazgan sörovda iştirok etganlarning 34 foizi soğliqni saqlaş tizimida korrupsiya keng tarqalgan degan fikrni bildirgan bölsa, 2019 yilda bu salbiy körsatkiç 43 foizni taşkil etgan.

Avvalo, har qanday tizim, har qanday sohaga xalq, keng jamoatçilik bahosidan xolis baho yöq, desak adaşmagan bölamiz», - dedi u.