Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasida çakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 4-2 kiçik band bilan töldiriladi:
“4-2. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yöllarida, köpriklarda, avtomobil yöllarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylarida sotiş taqiqlanadi”;
189-band (Uşbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga va Özbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab böladi) quyidagi mazmundagi öninçi xatboşi bilan töldiriladi:
“tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) taqiqlangan joylarda sotiş”.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini taşkil etiş qoidalarining 13-bandi (Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi) quyidagi mazmundagi uçinçi xatboşi bilan töldiriladi:
“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kiriş va çiqiş yölaklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylarida sotiş taqiqlanadi”.












