Özbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi. Uşbu Qonun Oliy Majlis Senatining yigirma beşinçi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma'qullangan edi.

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Botir Matmuratovning yozişiça, Qonun Özbekiston Respublikasining 19 ta qonuni va 2 ta kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi 23 ta moddadan iborat.

Jumladan, toğ-metallurgiya tarmoği korxonalari faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan “Davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş töğrisida”gi Qonunga özgartişlar kiritildi. Ularda portlovçi moddalarni, şuningdek ularni işlab çiqariş uçun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni işlab çiqiş, işlab çiqariş hamda realizatsiya qiliş bilan şuğullanadigan korxonalar Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan davlat tasarrufidan çiqarilişi va xususiylaştirilişi lozimligi nazarda tutadi.

Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi hamda uşbu qömita huzurida Arxitektura-quriliş nazorati davlat inspeksiyasi tegişli ravişda Quriliş vazirligi va Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi etib qayta taşkil etilişi munosabati bilan “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi, “Standartlaştiriş töğrisida”gi, “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi, “Radiatsiyaviy xavfsizlik töğrisida”gi, “Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida”gi va “Muvofiqlikni baholaş töğrisida”gi qonunlarga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Şuningdek, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi etib qayta taşkil etilişi munosabati bilan “Davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş töğrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi töğrisida”gi va “Qimmatli qoğozlar bozori töğrisida”gi qonunlarga tegişli özgartişlar kiritildi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş, şuningdek yonğin xavfsizligini ta'minlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş töğrisida” 2019 yil 10 apreldagi Farmoniga muvofiq Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi, uning tarkibiy va hududiy bölinmalari Içki işlar vazirligidan çiqarilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ötkazildi.