25 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi törtta yangi krossoverini taqdim etişi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda yana avtosanoat monopoliyasi mavzusi kötarildi.

Boisi – taqdim etilgan törtala avtomobilning birortasini ham örtaça-statistik özbekistonlik uçun hamyonbop deb bölmaydi.

Şevrole Travers. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Taqdim marosimidan söng qator savollar oçiq qoldi. Konsert tarzida ötkazilgan marosimda rasmiylardan heç kim sözga çiqmadi, tabiiyki jurnalistlarda ulardan intervyu oliş imkoni ham bölgani yöq.

Ajablanarlisi, 26 dekabrdan sotila boşlaşi aytilgan maşinalarning hatto narxi ham e'lon qilingani yöq. Kun.uz'ning narx masalasida kompaniya matbuot xizmatiga boğlanişi ham befoyda böldi.

Ayrim manbalarimiz bergan ma'lumotga köra, yangi avtomobillarning taxminiy narxi quyidagiça:

Equinox – 280-300 mln söm
Traverse – 380-400 mln söm
Trailblazer – 480-500 mln söm 
Tahoe – 780-800 mln söm

Arzonroq bölişi umid qilingan Chevrolet Onix sedanidan esa hozirça darak yöq.

Treylbleyzer. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

UzAuto Motors yangi modellarni işlab çiqarişni qançalik özlaştirgani, loyihalarni mahalliylaştiriş darajasi haqida ham ma'lumot yöq. Şu boisdan ham ijtimoiy tarmoqlarda uşbu yangi modellar haqiqatan ham Özbekistonda işlab çiqarilganmi-yöqmi, degan istehzo aralaş savollar uçramoqda.

Jumladan, Telegram'dagi «Zametki ekonomista» kanali şunday deb yozadi:

«Balki menga şunga tuyulayotgandir, lekin yangiliklarda «işlab çiqariladi» degan sözni körmadim. Buning örniga faqat «sotiladi» bor. Kimdir öylaşi mumkin: «Bu şunçaki importmi? Şunday bölsa, bizga «işlab çiqaruvçi»ning nima keragi bor?