Jizzax viloyati Foriş tumanida keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş hamda zamonaviy çorvaçilik kompleksi taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Davlat soliq qömitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantiriş va közda tutilmagan xarajatlar maxsus jamğarmasi hisobidan Foriş tumanida rejalaştirilgan quriliş va ta'mirlaş işlarini hamda zamonaviy çorvaçilik kompleksini taşkil etiş uçun mablağ ajratiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Belgilanişiça, ajratilgan mablağlar:

Foriş tumani, Boğdon şaharçasi, Amir Temur köçasi böylab quriliş, ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşirayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga, Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasidan oşmagan miqdorda kredit beriş uçun Aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga;

Foriş tumani infratuzilmasini zamonaviy tusga keltiriş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini moliyalaştiriş uçun Hududlar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantiriş jamoat birlaşmasiga hamda Foriş tumanida zamonaviy çorvaçilik kompleksini taşkil etiş uçun yönaltiriladi.

Hududlar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantiriş jamoat birlaşmasi ajratilgan mablağlarni Foriş tumani hokimligi va Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan kelişilgan va tasdiqlangan dastur asosida maqsadli sarflaşi belgilanadi.

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga olingan mablağlarni Boğdon şaharçasi, Amir Temur köçasi böylab quriliş, ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşirayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyozli şartlarda beriş hamda Davlat soliq qömitasiga 2023 yil 1 yanvarga qadar bölib-bölib qaytariş çoralarini köriş tavsiya etiladi.

Jizzax viloyat hokimligi:

Foriş tumanida zamonaviy çorvaçilik kompleksini taşkil etiş uçun yer maydonni ajratib berilişini ta'minlaydi;

Foriş tumanida rejalaştirilgan quriliş, ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlariga yönaltirilgan mablağlarni maqsadli işlatilişi yuzasidan nazorat örnatadi.