Iroq prezidenti Barham Solih iste'foga çiqiş töğrisida parlamentga sörov jönatdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

U öz qarorini hozirgi siyosiy vaziyatda öz majburiyatlarini bajara olmasligi bilan izohladi.

"Prezidentlik lavozimi xalq irodasiga javob berişi lozim. Hozirgi şaroitda milliy mas'uliyatim mening iste'foga çiqişim kerakligini közda tutadi. Sizlar körsatgan nomzodni qöllab-quvvatlamayman va iste'foga çiqişni ma'qul köraman", - dedi u parlament spikeriga.

24 dekabr kuni uzoq munozaralardan keyin "Al-Bino" alyansi boş vazirlik lavozimiga Basra viloyati gubernatori, 52 yoşli al-Idaniy nomzodini ilgari surgandi. 

Bunga qadar mamlakatdagi namoyişçilar vazirlar mahkamasiga heç qaysi partiyaga mansub bölmagan va 2003 yildan buyon heç qanday mas'ul lavozimda iş olib bormagan siyosatçi rahbar bölişi kerakligini talab qilgandi.

Şu sababli Barham Solih amaldagi ta'lim vaziri Qusay as-Suhaylning boş vazirlikka körsatilgan nomzodini rad etgandi.

Iroqdagi norozilik namoyişçilari al-Idaniyning nomzodiga keskin qarşi çiqişmoqda. Ular avvalroq as-Suhayl nomzodiga ham qarşi çiqişgandi.