O‘zbekiston | 07:32 / 27.12.2019
22192
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chmas mulk obektlarining oldi-sotdi bitimlarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulk obektlarining oldi-sotdi bitimlarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi.

Prezidentning ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulk obektlarining oldi-sotdi bitimlarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi.

Ushbu funksiyalar yangi tashkil etilayotgan Kadastr va geofazoviy axborot agentligining ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga oluvchi davlat registratorlariga beriladi.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 dekabrgacha Yagona davlat kadastrlari tizimining geoaxborot bazasini shakllantirishni yakunlaydi va uning natijalariga ko‘ra Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi geoportali yaratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid