Özbekistonda donor böluvçi qarindoşlar röyxati kengaytirildi, şuningdek, transplantatsiya amaliyoti bilan şuğullanadigan tibbiyot muassasalari ham köpaydi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayevning telegramdagi kanalida xabar berdi.

«Avval transplantatsiya yordamiga muhtoj bemorlar röyxati kengayib borayotgani, bundan taşqari, sönggi ikki yil davomidagi amaliyot şuni körsatdiki, donor sifatida belgilangan yaqin qarindoşlarning çeklangan doirasi ham amaldagi qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritişni taqozo qilayotgani haqida xabar bergan edik.

Joriy yil 25 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Aholi salomatligini muhofaza qiliş yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Unga köra, surunkali buyrak va jigar kasalliklarining terminal bosqiçlarida bölgan holatlarda qarindoşlar orasida buyrak va (yoki) jigar bölagini transplantatsiya qiliş uçun qulay şaroitlar yaratiş, şuningdek, yuqori texnologiyali ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş va aholi salomatligini muhofaza qilişni kengaytiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktyabrdagi «Yaqin qarindoşlar orasida buyrak va (yoki) jigar bölagini transplantatsiya qiliş tartibi töğrisidagi Vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarorga qator özgartişlar kiritildi.

Endilikda, tirik qarindoş donorlar qonunçilik asosida özaro birinçi, ikkinçi, uçinçi va törtinçi darajada qarindoş bölgan şaxslar örtasida bölişi mumkin. Bunda bolalar ota-onasiga nisbatan birinçi;

Nevara bobosi va buvisiga nisbatan, şuningdek, aka-uka va opa-singillar – ikkinçi;

Evara katta bobosi va katta buvisiga nisbatan, şuningdek, toğa va amaki, ammo va xola öz jiyanlari bilan uçinçi;

Toğavaçça, amakivaçça, ammavaçça va xolavaççalar esa törtinçi darajadagi qarindoş hisoblanadi. Şunga köra, yuqoridagi hujjatda «Yaqin qarindoşlar» sözlari «qarindoşlar» sözlari bilan almaştirildi.

Şuningdek, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organlarida tuzilgan nikoh asosida kamida uç yil birgalikda yaşagan er-xotinlar va ularning yuqorida körsatib ötilgan barça qarindoşlari, şuningdek, ögay aka-uka va opa-singillar hamda uç yil muddat oldin qonunçilikda belgilangan tartib asosida farzandlikka olingan bolalar (farzandlikka oluvçi ota-onalari bilan özaro) tirik qarindoş donorlar bölişi mumkin.