Yaponiya hukumati 27 dekabrdagi majlisda Ummon körfazi va Arabiston dengizining şimoliy qismiga patrullaş va ma'lumot yiğiş uçun mudofaa kuçlarini jönatiş qarorini qabul qildi. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.
Yaponiya Eron bilan döstona munosabatlarda bölgani sababli Ummon körfazi, Arabiston dengizining şimoliy qismi va Bob-al-Mondab böğozi bilan çegaralanadigan hududga bitta esminets jönatadi. Bir yilga möljallangan amaliyotga hozirda Somalida qöllanayotgan Lockheed P-3 Orion sohilböyi patrul samolyoti ham jalb qilinadi.
Amaliyotda hammasi bölib Yaponiya mudofaa kuçlarining 260 harbiysi iştirok etadi. Ular 4 haftalik tayyorgarlikdan ötib, söngra fevraldan buyruqni bajarişga kirişişlari mumkin böladi. Ularga yapon kemalarini himoya qiliş uçun kutilmagan vaziyatda qurol qöllaşga ham ruxsat berilgan.
Ta'kidlanişiça, patrullaş hududi Hurmöz böğozi va Fors körfazini öz içiga olmaydi. Yaponiya bunday çeklovni mudofaa kuçlarining hududga jönatilişi Eron bilan tarixiy döstona munosabatlarga putur yetkazmasligi uçun qabul qilgan.
Şuningdek, Yaponiyaning 2020 yilgi budjetiga Ummon körfazini patrullaş uçun 4,7 mlrd iyen (43 mln dollar) ajratiş bandi kiritilgan.

















