Noşirlik faoliyatini litsenziyalaş böyiça davlat xizmati körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Norma’ning yozişiça, noşirlik faoliyatini litsenziyalaş böyiça davlat xizmati yuridik va jismoniy şaxslarga faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali körsatiladi.

 Ma'muriy reglamentga muvofiq davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (litsenziyalovçi organ) tomonidan amalga oşiriladi

 Lisenziya oliş:

davlat hokimiyati va boşqaruv organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ hujjatlar töplamlari va boşqa hujjatlarni naşr etişda;

korxonalar, taşkilotlar, öquv yurtlari va ilmiy muassasalar tomonidan öz faoliyati uçun zarur bölgan va qölyozma huquqlari bilan ommaviy ravişda tarqatiş yoki köpaytiriş uçun möljallanmagan materiallarni naşr etişda;

mazkur ommaviy axborot vositalari tahririyatlari tomonidan bosma ommaviy axborot vositalarini naşr etişda talab qilinmaydi.

Noşirlik faoliyatini amalga oşiriş huquqiga litsenziyalar çeklanmagan muddatga beriladi.

 Quyidagilar litsenziya talablari va şartlari hisoblanadi:

noşirlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga va texnik jihatdan tartibga soluvçi hujjatlar talablariga majburiy rioya etiş;

uruşni tarğib qiliş, davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof ravişda özgartiriş, mamlakatda xavfsizlikni va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni buziş, Özbekiston töğrisida notöğri axborotlarni tarqatiş hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarini buzib körsatiş uçun foydalaniş maqsadida matbaa mahsulotlarini naşr etiş va tarqatişga yöl qöymaslik;

noşirlik faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur bölgan tegişli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va texnika vositalarining mavjudligi;

litsenziyada körsatilgan ixtisos böyiça noşirlik faoliyatini amalga oşiriş;