«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu 35 yoşga yaqinlaşgan bölsa-da, yaqin orada faoliyatini yakunlamoqçi emas.

«Umrimda heç qaçon yomon mavsumni ötkazmaganman, çunki qiyinçiliklarga doim tayyorman.

Men faqat ğalaba qozoniş uçun öynayman. Agar tanam jismoniy yuklamalarni töğri qabul qilolmay qolsa, faoliyatimni yakunlayman. 

Avval futbolçilar 30-32 yoşida futboldan ketişardi, hozir esa 40 yoşli futbolçilarni ham köriş mumkin», - dedi Ronaldu.

Bu mavsumda futbolçi «Yuventus» tarkibida barça musobaqalarda 21ta öyinda maydonga tuşib, 12ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.