Rossiya kelasi yilda Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegaralarni qo‘riqlayotgan Markaziy okrug qo‘shinlarining jangovar salohiyatini oshirishda davom etadi. Bu haqda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Lapin ma'lum qildi.

"Kelasi yilda qo‘shinlar tayyorgarligining asosiy vazifalari belgilab olindi. Operativ tayyorgarlik 13, jangovar tayyorgarlik esa 26 foizga oshiriladi", — dedi Lapin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, okrug qo‘shinlarining jangovar salohiyati 5 foizga oshirilishi lozim, shunda Rossiya Federatsiyasining Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishidagi harbiy xavfsizligi kafolatli ravishda ta'minlanadi.

Rossiya bosh shtabi va xavfsizlik kengashining ta'kidlashicha, hozirgi vaziyatda Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishi eng katta xatarga ega yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.